Dunyoda kakao işlab çiqaruvçi eng yirik davlat Kot-d’Ivuar ötgan yil örtasida kakao narxi tuşib ketgani sababli 2017 yil uçun byudjyetini qayta körib çiqadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Mamlakatning aloqa, iqtisodiyot va fan vaziri Bruno Kone kakao narxining keskin pasayişi mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir qilmasligiga işonçi komilligini aytgan.
"Kot-d'Ivuarda kakao narxi pasayganiga qaramasdan, bu xarajatlarga bardoş beriş uçun zaxiralar yetarli. Bu ançagina pasayiş böladi, biroq mamlakat moliyaviy muvozanatining yöqolişiga olib kelmaydi. Bunda heç qanday fojiali narsa yöq", deb aytgan vazir.
Kot-d'Ivuarning 2016 yilgi byudjyet defitsiti yalpi içki mahsulotining 3,8 foizini taşkil qilgan. Hukumat 2017 yilda bu körsatkiç 3,4 foizgaça qisqarişiga umid bildirmoqda.











