Janubiy Koreyada texnologik magnat Kim Beom Su (Brayan Kim) aksiyalar narxini manipulyatsiya qilişda ayblanmoqda. Kim boşçiligidagi Kakao rahbariyati SM Entertainment agentligining K-pop aksiyalarini uning qiymatini oşiriş va kompaniyani «yutib yuboriş» böyiça raqobatdoş taklifni buziş maqsadida sotib olgan. Kakao internet-giganti asosçisi ikki hafta oldin qölga olinganidan beri hibsda qolmoqda.
Hibsga oliniş vaqtida Kakao tomonidan berilgan bayonotda Kim Beom Su noqonuniy faoliyatga yöl qöymagani va bu borada heç qanaqa topşiriq bermagani aytilgan. Seul Janubiy okrug prokuraturasi Kimga nisbatan moliya bozori qoidalarini buziş böyiça ayblov e’lon qildi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga köra, sud jarayonlari sanasi biroz keyinroq aniq böladi. Suriştiruvlar ötgan yilning mart oyida Kakao kompaniyasi K-pop agentligining qariyb 40 foiz aksiyalarini sotib olganidan keyin boşlandi.
Prokurorlarning ta’kidlaşiça, Kim Beom Su SM Entertainment qiymatini raqobatçisi — Hybe’dan oşiriş maqsadida tört kun davomida aksiyalarini xarid qilgan. U 2018 yilda korrupsiyada ayblanib, 18 oy qamoqda ötirib çiqqan Samsung Electronics raisi Li Çjye Yondan keyin Janubiy Koreyada sudlangan eng yuqori martabali texnologik kompaniya rahbaridir.
Kim oddiy fuqarolikdan multimilliarderlikka qadar bölgan yölni bosib ötib, mamlakatda maşhurlikka erişgan — u egalik qiladigan bir neçta oilaviy korporatsiyalar iqtisodiyotning katta qismini nazorat qiladi. Janubiy Koreyadagi eng muvaffaqiyatli internet-bizneslardan biri bölgan Kakao kompaniyasi ham Kimga tegişli.
Kakao Janubiy Koreyaning eng yirik xabar almaşiş ilovasini boşqaradi, şuningdek, öyinlar, xaridlar va bank xizmatlarini öz içiga olgan boşqa onlayn bizneslarga ega.
2022 yilda Kakao faoliyatida yonğin sabab uziliş sodir bölgandi, natijada serverlarga zarar yetgan — bu mamlakat texnologik gigant xizmatga qançalik boğlanib qolgani töğrisidagi xavotirni uyğotgan edi.
Kimga nisbatan yakuniy ayblov e’lon qilinişidan bir neça soat oldin Kakao kompaniyasi 2024 yilning ikkinçi çoragida 134 milliard von (ötgan yilga nisbatan 18,5 foizga köp) foyda körganini ma’lum qilgandi.










