Yuragingiz “rahmat” deydi

Tadqiqotlarga köra, kakao tarkibidagi flavonoidlar yurak salomatligiga ijobiy ta’sir körsatişi mumkin. Bu moddalar yalliğlanişni kamaytiradi, qon oqimini yaxşilaydi va qon bosimini me’yorda uşlab turişga yordam beradi.

2017 yilda Tsyurix universiteti olimlari tomonidan olib borilgan “Cocoa, Blood Pressure, and Vascular Function” nomli tadqiqot natijalariga köra, kakaoni muntazam iste’mol qiliş qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta’sir körsatadi va arterial qon bosimini pasaytiradi. Tadqiqotda qayd etilişiça, kakao qon tomirlarni kengaytiruvçi va ularning elastikligini saqlab qolişga yordam beruvçi azot oksidi işlab çiqarilişini yaxşilaydi.

Xolesterin miqdorini kamaytiradi

Qon bosimini tuşirişdan taşqari, kakao yurak xurujlari va insult xavfini kamaytirişi mumkin bölgan boşqa xususiyatlarga ham ega. Tadqiqotlar kakao “zararli” xolesterin darajasini pasaytirişi, yalliğlanişni kamaytirişi va aspirin kabi qonni suyultiruvçi tabiiy vosita böla olişini körsatdi.

2016 yilda Harvard tibbiyot maktabi va Braun universiteti olimlari tomonidan ötkazilgan meta-tahlilda 1100 dan ortiq iştirokçi qatnaşgan 19 ta klinik tadqiqot natijalari örganildi. Xulosa qilinişiça, kakaoni muntazam iste’mol qiliş organizmning insulinga sezuvçanligini oşiradi, bu esa öz navbatida yurak xurujlari va insult xavfini kamaytiradi.

Ammo kakao işlov beriş va qizdiriş jarayonida öz foydali xususiyatlarini 60 foizgaça yöqotişi mumkin.

Miya salomatligi

Bostondagi Hebrew SeniorLife keksayiş tadqiqotlari institutidan Farzane Sorond va uning jamoasi ötkazgan tadqiqotda har kuni kakao iste’mol qiladigan 34 nafar keksa köngillida örta miya arteriyasidagi qon oqimi tezligi sezilarli darajada yaxşilangani kuzatildi.

Flavanolga boy kakao iste’mol qilingandan söng, miyaga qon oqimi bir hafta içida 8 foizga, ikki hafta içida 10 foizga oşgan. Demak, hatto qisqa muddatli iste’mol ham xotira va diqqatga ijobiy ta’sir körsatişi mumkin.

Yoşlar orasida olib borilgan tadqiqotlar esa kakaoni muntazam iste’mol qiliş diqqatni jamlaş qobiliyatini oşirişi va neyronlar ösişiga yordam berişini körsatgan. 366 nafar iştirokçi bilan ötkazilgan 11 ta klinik tadqiqot kakao miya faoliyatini qöllab-quvvatlaşi va aqliy qobiliyatlarni yaxşilaşi mumkinligini isbotlagan.