Xiaomi özining şö'ba korxonasi hisoblanuvçi Mijia kompaniyasi bilan hamkorlikda 90 Minutes Ultra Smart nomli «aqlli» krossovkasini namoyiş etdi. Bu poyabzal vositasida professional sportçilarning maşğulotlarini kuzatiş mumkin böladi. Sport poyabzali Intel Curie modulida işlaydi.
Intel Curie çipi datçiklar, akselerometr va giroskopdan olinuvçi ma'lumotlarni yiğiş va qayta işlaş vazifasini bajaradi. Krossovkalar professional sportda foydalanişga möljallangan. Uning yordamida masofa, tezlik va kaloriyani hisoblaş mumkin. Dastur sportçi qanaqa jismoniy maşq (oğir-yengil) bilan şuğullanayotganini mustaqil ravişda aniqlaydi.
Krossovka bir marta quvvatlantirilsa, ikki oy uzluksiz işlaydi. Maşğulotlar haqidagi ma'lumotlar Bluetooth vositasida smartfondagi Mi Fit ilovasida aks ettiriladi.
Uning dizaynini Shanghai Runmi Technology kompaniyasi işlab çiqqan. Poyabzal maxsus materiallardan yasalgan bölib, bakteriyalarga qarşi içki tagliklar va sirpanmaydigan rezinaga ega. Ular, kök, puşti va qoronğu vaqtlarda yuguriş uçun yoruğlik taratuvçi namunada işlab çiqiladi.
Xiaomi krossovkalari 15 apreldan savdoga çiqariladi. Uning narxi Xitoyda 299 yuan (43 dollar) atrofida sotiladi.













