Gruziyaning Batumi şahrida politsiya bilan töqnaşuvlar kelib çiqişidan keyin 22 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan. «Interfaks» agentligi xabariga köra, hozirga kelib ularning aksariga javob berilgan.
Ayni vaqtda politsiya şaharda nazoratni qölga olgan, miting iştirokçilari köçalarni tark etgan, öt öçiruvçilar yoqilgan avtomobillar va çiqindixonalardagi olovni öçirmoqda.
Tartibsizliklarni keltirib çiqarişda gumon qilinganlar qölga olinmoqda, ularning soniga aniqlik keltirilmagan.
Miting iştirokçilari Adjariya politsiyasi boşqarmasi rahbariyati iste'foga çiqişini talab qilgandi. Aktsiyaning yuzlab iştirokçilari politsiya boşqarmasi binosiga bostirib kirmoqçi bölgan, ammo maxsus topşiriqli bölim bu harakatni töxtatib qolib, ularga qarşi közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagandi.















