Gruziyaning Batumi şahrida uyuştirilgan miting oqibatida yuzaga kelgan tartibsizliklar yakunida 40dan ortiq kişi qölga olindi. Bu haqda Gruziya IIV rahbari Georgiy Mgebrişvili ma'lum qilgan.
"Gruziya hududida bunga öxşaş tartibsizliklar kuç qöllanişi orqali töxtatiladi. Tartibsizliklarda iştirok etgan şaxslar qonun böyiça jazolanadi", - degan vazir.
Uning sözlariga köra, qölga olinganlarning ba'zilari böyiça tergov işlari boşlangan. U "Rustavi 2" telekanali orqali çiqişida barçani uyida ötirişga çaqirgan.
"Men vazirlikda kadrlar özgarişini istisno etmayman. Ammo bu voqealarga jiddiy yondaşiladi", - degan Mgebrişvili. U Batumida yoki mamlakatning boşqa şaharlarida fuqarolar qonun çegaralaridan taşqari çiqiş qilişiga nisbatan kuç işlatilişidan ogohlantirgan.
11 mart oqşomida Batumida yuzlab kişilar Adjariya politsiya boşqarmasi iste'foga çiqişini talab qilib, namoyişga çiqdi. Söngra namoyişçilar va politsiyaçilar örtasida töqnaşuvlar boşlangan. Şaharning turli nuqtalarida politsiyaçilarning avtomobillari yoqib yuborilgan.
Adjariya soğliqni saqlaş vaziri Zaal Mikeladzening ma'lumot berişiça, Batumidagi klinikalarga tartibsizliklar vaqtida jabrlangan 33 kişi murojaat qilgan, şundan 15 nafari politsiyaçilar bölgan.
Şanba kuni Batumida patrul politsiyasi xodimi avtomobil haydovçisini yöl harakati qoidasini buzgani uçun jarimaga tortgan. Guvohlarning aytişiça, politsiyaçi bu vaqtda haydovçini qattiq haqorat qilgandi. Haydovçini atrofdagi kişilar qöllab-quvvatlaşgan. Natijada politsiyaga böysunmaganligi uçun 6 kişi qölga olingan. Tez orada Adjariya politsiyasi boşqarmasi binosi oldida minglab kişilar töplangan. Ular patrul politsiyasi boşliği Malxaz Batiaşvilining iste'foga çiqarilişini talab etişgan. Ular Batiaşvili lavozimga tayinlangaç, asossiz jarimaga tortiş holatlari va jarima miqdorlari keskin köpayganini bildirişgan.
Aktsiya tez orada tartibsizlikka aylanib ketgan. Gruziya IIV rahbari Georgiy Mgebrişvili Batumiga yetib borgan. Şaharda tez orada tartib örnatildi.














