Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boşqarmasi xodimlari viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari bilan birgalikda ikki ayolning öz farzandlarini sotişga urinişlarining oldini olişdi. Bu haqda Sputnik Uzbekistan naşri muxbiriga MXX vakili ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga köra, Xorazm viloyati Hozarasp tumanida yaşovçi 23 yoşli Poşşaxon Rözimova özining farzandini 1000 dollarga sotmoqçi bölgan. Köziga puldan boşqa narsa körinmagan ayol 4 yoşli qizçasi uçun "atalgan" pulni olayotgan vaqtda qölga tuşirildi.
Şunga öxşaş tadbir davomida şu tumanda yaşovçi 22 yoşli Zubayda Xöjayeva qölga olindi. Badbaxt ona 3 yoşli qizçasini 1500 dollarga almaşib yubormoqçi bölganda qölga tuşirildi.
Uşbu holatlar böyiça ayollarga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi ("Odam savdosi") böyiça jinoiy işlar qözğatilgan. Tergov tadbirlari davom etmoqda.
Bugungi kunda odam savdosi dunyodagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Özbekistonda uşbu illatning oldini oliş uçun jiddiy işlar olib borilmoqda. Jumladan, "Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida"gi qonunning qabul qilinişi va Özbekiston Prezidentining "Odam savdosiga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori bu yönalişdagi muhim qadamlar böldi.












