AQŞning Tsintsinnati ştatidagi hayvonot boğida Bleykli laqabli avstraliya ovçarkasi 3ta yölbars bolasiga onalik qilmoqda. Bu haqda WCPO Cincinnati xabar tarqatdi.
«U yölbars bolalari uçun şunçaki issiq yostiq emas. U — yölbarsçalar uçun kerak. U ilk kundanoq ularni töğri yurişga va harakatlanişga örgatdi. Yölbarsçalar agressiv böla boşlaganida u ularni töxtata oladi», — degan hayvonot boği vakili Don Ştrasser.
Uning qöşimça qilişiça, hayvonot boği xodimlari yölbars bolalarini ovqatlantirişi mumkin, lekin Bleykli kabi tarbiyalay olişmaydi.
Qayd etilişiça, Bleykli bungaça gepard, tönğiz, yaguar va sassiqközan bolalarini tarbiyalaşga ulgurgan.


















