2025 yil noyabr oyida Hindiston Oliy sudi sayyohlarga «safari» paytida yölbars qöriqxonalarida telefondan foydalanişni taqiqlovçi qaror qabul qildi. Gap şundaki, dam oluvçilar hayvonlarni suratga olişga urinib, özini ham, gidlarni ham xavf ostiga qöymoqda, hayvonlar stress holatiga tuşmoqda. Sayyohlarning telefon bilan xatti-harakatlari odamlar uçun ham, hayvonlar uçun ham juda xavfli deb topildi.
2026 yil fevral oyida internetda Rajastxan ştatidagi Ranthambor boğida yölbarsni bir neçta «safari» maşinalari örab olgani aks etgan video paydo böldi - hayvon ökirib, suratga olayotgan sayyohlar ötirgan maşinalar orasidan qanday ötişni bilmasdi. Videodagi yölbars qörqib, burçakka qamalib qolgandek körindi. Hindistonda bunday voqealar oddiy holga aylangan. Endi qarorga köra, sayyohlar qöriqxonaga kirişdan oldin telefonlarini qutida qoldirişi şart.
Hindistonlik jurnalist Çarukesi Ramadurai bu qarorning sabablarini quyidagiça tasvirlaydi: «Odamlar hayvonlar bilan suratga tuşişga urinib, aqlsizlik qilmoqda. Telefon tuşib ketgan va gid uni oliş uçun maşinadan sakraşga majbur bölgan holatlar bölgan. Onasi selfi qilgani uçun bola jipdan yiqilib tuşgan. Gid sakrab, bolani kötarişga majbur böldi — yölbars bir neça qadam narida edi».
Hindistondagi tabiatni muhofaza qiliş işlari tufayli 2010 yildan 2022 yilgaça populyatsiya ikki baravar köpayganiga qaramay, Bengal yölbarsi yöqolib borayotgan tur bölib qolmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 3600 boşdan ortiq yovvoyi Bengal yölbarsi yaşaydi, bu dunyo populyatsiyasining taxminan 75 foizini taşkil qiladi. Ularning aksariyati rasmiy yölbars qöriqxonalarida, jumladan, Rajastxandagi Ranthambor boği va Uttarakxanddagi Jim Korbett milliy boğida yaşaydi.
Ammo populyatsiyaning ösişi bilan «safari»ning maşhurligi ham oşdi. Sönggi beş yil içida Hindistonda yölbarslar tufayli 418 kişi tasodifan halok bölgan.
Hindiston hayvonlarni suratga oliş qoidalari kuçaytirilgan yagona mamlakat emas. Ötgan yili internetda Keniyadan ham sayyohlar gnu antilopalarining migratsiyasiga tösqinlik qilib, ularning yölini tösib qöygan videolar paydo böldi. Şundan söng Turizm va yovvoyi tabiat vazirligi turoperatorlar uçun standartlarni özgartirdi va kuçaytirdi.
Yangi qoidalar ötgan yili Şpitsbergenda ham kuçga kirdi - endi sayyohlar mavsumga qarab ayiqlardan 300 metrdan 500 metrgaça masofada yurişi kerak.













