Yaponiyaning şimoli-şarqidagi Fukusima prefekturasida 12 mart kuni ertalab 5,3 magnitudali zilzila yuz berdi, sunami xavfi yöq.

Yaponiya boş meteorologik agentligi ma'lumotlariga köra, zilzila mahalliy vaqt bilan 04:57da qayd qilingan. Uning öçoği okean ostida 50 km çuqurlikda bölgan.  

4 ballik zilzilalar Yaponiyaning 17 ta prefekturasida, jumladan, Fukusima, Miyagi, Ibaraki, Saitama, Tiba va Tokio prefekturalarida sezilgan. Zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarçiliklar haqida ma'lumot kelib tuşmagan.

6 yil avval, 2011 yil 11 mart kuni Yaponiyaning şimolida 9,0 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila ortidan sohilga 14 metrlik sunami tölqinlari urilib, "Fukusima-1" AESining 6 ta energoblokidan 4 tasini suv ostida qoldirgan va reaktorlarning sovitiş tizimini işdan çiqargandi. 

Fojia vaqtida AESning 1-, 3- va 4-reaktorlarida vodorod portlagan. Portlaş oqibatida 1-energoblokning tomi vayron bölgan. Radioaktiv moddalarning atmosferaga tuşişiga yöl qöymaslik uçun 2011 yil kuzida 1-energoblok ustida himoya gumbazi barpo etilgan.