Angliya kubogining 1/4 finalidan örin olgan dastlabki uçraşuv bölib ötdi. «Riversayd»da keçgan uçraşuvda «Midlsbro» «Mançester Siti»ni qabul qildi.

Uçraşuvning uçinçi daqiqasidayoq David Silva hisobni oçdi. Ikkinçi bölimda Leroy Sane tomonidan yetkazib berilgan töpni Serxio Aguero darvozaga aniq yöllab jamoasiga işonçli ğalabani taqdim etdi.

Natijada «Mançester Siti» Angliya kubogining finaliga yöllanma olgan dastlabki jamoaga aylandi. Jamoa boş murabbiyi Xosep Gvardiola özining 8 mavsumlik murabbiylik faoliyati davomida 8-marta mamlakat kubogining yarim finaliga yöllanma oldi.

Angliya Kubogi, 1/4 final

Midlsbro – Mançester Siti 0:2 (0:1)

Gollar: Silva (3), Aguero (67).
Midlsbro: Gyuzan, Gibson, Barragan, Fabio, Espinosa (Fray, 50), Lidbitter (Ramires, 66), Kleyton, de Ron, Traore, Stuani, Jyested (Negredo, 26).
Mançester Siti: Bravo, Stounz, Klişi, Sabaleta, Otamendi, de Bryuyne, Ture (Fernando, 86), Silva, Sterling, Sane (Nolito, 70), Aguero (Iheanaço, 90+1).
Ogohlantirişlar: Barragan (17), Lidbitter (45), Traore (45), de Ron (83).