Amerikalik maşhur aktyor Tom Xenks öz muxlislari va ijtimoiy tarmoqdagi obunaçilariga özining yangi xaridi – Rossiyaning UAZ avtomobilini namoyiş qildi.
Xenksning aytişiça, UAZ furgoni unga sayohatlar uçun kerak.
"Menda yangi yuk maşinasi bor! Men unda kempingga jönayapman", deb yozgan aktyor Instagram’da.

Aktyorning rossiyalik obunaçilari UAZ haqiqatan ham şunday safarlar uçun mos kelişini aytib, aktyorga yana bir juft şunday maşinadan xarid qilişni tavsiya qilişgan. Foydalanuvçilardan biri aktyorni maşinasida "qöziqorin terişga borişga" taklif qilgan.
Biroq bunga işonmaganlar ham topildi, ularning fikriça aktyor Rossiya maşinasini Budapeşt köçalaridan birida körib, şunçaki uning yonida suratga tuşgan.










