“Salom, döstlar. Rita va men hozir Avstraliyadamiz. Biz özimizni biroz horgan, şamollagan his qildik va badanda oğriq paydo böldi. Ritani gohi gohida titroq tutmoqda. Barçasini töğri qiliş uçun bizni koronavirusga tekşirişdi va natija ijobiy çiqdi”, deb yozgan aktyor tvitterda.
Aktyorning ta'kidlaşiça, endi ular qança talab etilsa, şunça vaqt karantinda qolişadi hamda öz soğliqlari haqida barçani xabardor qilib turişadi.
“Oskar” mukofotining 2 karra sohibi, 63 yoşli aktyor hozirda Avstraliyada rejissyor Baz Lurmanning afsonaviy qöşiqçi Elvis Presli haqidagi filmini suratga olişga tayyorgarlik jarayoni bilan qolmoqda.
Tom Xenks “Katta”, “Forest Gamp”, “Oddiy askar Rayanni qutqariş” kabi köplab filmlarda boş rollarni ijro etgan.
11 mart kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti koronavirus epidemiyasi köplab davlatlar va barça qit'alarni qamrab olgani sababli pandemiya kölamini olganini e'lon qildi.












