Bu haqda New York Post naşri xabar berdi.
Ta'kidlanişiça, bolakayning ota-onasi uni Quyoş atmosferasining tojsimon taşqi qismiga atab Korona (Toj) deb nomlaşgan. Biroq bolaning tengqurlari uni koronavirus deb mazax qila boşlaşgan. Bola aktyor va uning rafiqasi koronavirusga çalinganidan xabar topib, aktyorning soğliği haqida bilmoqçi bölgan.
“Hurmatli mister Henks, mening ismim Korona. Men yangiliklardan Siz va rafiqangiz koronavirusga çalinganingizdan xabar topdim. Siz özingizni yaxşi his qilmoqdamisiz?”, deb boşlagan Korona maktubini va uni öz muammosini sözlab beriş bilan davom ettirgan.
Aktyordan maktubga javob 10 aprelda kelgan. Henks, şuningdek, bolaga özining Smith Corona rusumidagi bosma maşinkasini sovğa sifatida yuborgan. Ta'kidlanişiça, aktyor bu maşinkani virusga çalingan joyi - Avstraliyaga özi bilan birga olib ketgan.
“Menga va rafiqamga sendan maktub oliş juda yoqimli böldi. Sening maktubing sababli men özimni yanada yaxşiroq his qildim. Bu maşinka senga asqotadi, deb öylayman. Kattalardan uning işlaşi haqida bilib ol va menga javob yozişda undan foydalan”, deb yozgan aktyor bolaning maktubiga javoban.
“Sen Korona ismli men biladigan yagona insonsan, Quyoş atrofidagi toj körinişidagi halqa kabi”, deb qöşimça qilgan Henks.
U maktubi oxirida “Öyinçoqlar tarixi” multfilmidagi iborani keltirib ötgan: “Posskriptum: Sen menda döst topişing mumkin” (You got a friend in ME!).
Bolakay aktyorning maktubini olib juda xursand bölgan.
“U meni dösti deb atadi!”, deb gapirib bergan Korona bu haqida Reuters axborot agentligiga va yaqin orada aktyorga yana bir maktub yöllamoqçiligini qöşimça qilgan.
12 mart kuni Tom Henks va uning rafiqasida koronavirus taşxisi qöyilgan. Şundan keyin ular Ğarbiy Avstraliyadagi Gold-Kost şahrida joylaşgan şifoxonaga joylaştirilgan. 5 kundan keyin juftlik soğayib, şifoxonadan çiqqan.











