Ispaniya çempionatining 27-turida sensatsiya qayd etildi. «Deportivo» öz maydoni «Riasor»da «Barselona»ni qabul qilib, 2:1 hisobida ğalaba qozondi.
Öyinning 40-daqiqasida Mark-Andre ter Ştegen xatosidan keyin «Deportivo» hujumçisi Xoselu töpga ega çiqib, hisobni oçdi.
Ikkinçi bölim boşida Luis Suares hisobni tenglaştirdi, ammo 74-daqiqada amalga oşirilgan burçak töpidan keyin Bergantinos Aleks boşi bilan mehmonlar darvozasini işğol qildi - 2:1.
Bu kataloniyaliklar jamoasining Primerada ötgan yilning 2 oktabridan buyon ilk mağlubiyati böldi. Öşanda jamoa «Selta»ga yutqazgandi - 3:4.
«Barselona» endilikda 60 oçko bilan turnir jadvalining birinçi örnida qolmoqda, ammo ikkinçi örinda bir oçko kam jamğargan holda joylaşgan «Real»da ikkita ötkazilmagan öyin bor. «Deportivo» 27 oçkosi bilan 15-poğonada.
Ispaniya çempionati, 27-tur
Deportivo – Barselona 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 40 Xoselu, 1:1 – 46 Suares, 2:1 – 74 Bergantinos.
Deportivo – Lyuks, Arribas, Albentosa, Navarro, Xuanfran (Laure, 86), Bergantinos, Borxes, Fajr, Gama (Kakuta, 71), Xil (Çolak, 62), Xoselu.
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Alba, Andre Gomeş (Rakitiç, 58), Serdji Roberto, Denis Suares (Pako Alkaser, 77), Buskets, Turan (Inesta, 58), Messi, Suares.
Ogohlantirişlar: Navarro (14), Xoselu (36).















