«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu Ispaniya çempionatining «Betis»ga qarşi uçraşuvida (2:1) hisobni tenglaştiruvçi golga mualliflik qildi.

Bu portugaliyalik futbolçining Yevropaning kuçli çempionatlaridagi 366-goli böldi. Uşbu körsatkiçi orqali u ingliz futbolçisi Jimmi Grivzga yetib oldi, germaniyalik Gerd Myullerni esa (365 gol) ortda qoldirib ketdi.

Eslatib ötamiz, Ronaldu Madridgaça «Mançester Yunayted» va «Sporting» jamoalari safida töp surgan.