Lozannadagi sport arbitraj sudi doping mojarosi "qahramonlaridan" biriga aylangan doktor Sergey Portugalovni umrbod çetlaştirdi. U dopingga qarşi qoidalarni buzişda aybdor deb topildi, deb xabar beradi "R-Sport" agentligi.

Şifokor Xalqaro yengil atletika federatsiyalari dopingga qarşi qoidalarining bir neça bandlarini buzişda ayblanmoqda. Ular orasida: “Taqiqlangan uslubga ega böliş”, “Taqiqlangan uslubni tarqatiş yoki unga bölgan uriniş”, “Taqiqlangan uslubni qöllaş yoki unga uriniş” bor. Portugalovning diskvalifikatsiyasi 10 martdan kuçga kirdi.

Portugalov Germaniyaning ARD telekanali tomonidan Rossiya yengil atletikasidagi doping haqida suriştiruvdagi “qahramonlardan” biridir. Mojaroli video Butunjahon dopingga qarşi agentlik (WADA)ning tekşiriş işlarini boşlaşi va rossiyalik yengil atletikaçilarning Braziliyadagi Olimpiada-2016’dan çetlaştirilişiga olib keldi.

Ma'lumot uçun, Sergey Portugalov – sport tibbiyoti va farmakologiya sohasidagi mutaxassis, Butunrossiya jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqot instituti rahbarining sobiq örinbosari.