Xitoyning Tibet muxtor ölkasida kuçli qor böroni tufayli 4 mingdan ortiq qötos va qöy halok böldi, deb yozmoqda China Daily gazetasi mahalliy ma'muriyatga asosan.

Ma'muriyat ma'lumotiga köra, qor böroni bir neça kun davom etgan hamda yakşanba kuni kunning ikkinçi yarmida töxtagan. Uning oqibatida Şigadze şahar uyezdidagi hayvonlar halok bölgan. Şu bilan birga, qayd etilişiça, mahalliy aholi vakillari qurbon bölmagan.

Hokimiyat vakillarining xabar berişiça, noqulay ob-havo tufayli aloqa liniyalari işi qisman buzilgan, bir neça yöllar yopilgan.