Ta'minlaş böyiça Milliy komissiya qarori bilan Afğoniston Islom Respublikasi moliya vazirligiga uçta gidroelektrstansiya qurilişini davom ettiriş uçun 40 million dollar ötkazib beriladi.

Mablağlar Hirot viloyatidagi Paşdon, Paktiya viloyatidagi Maçalğa va Faryob viloyatidagi Almor elektrstansiyalari loyihalari böyiça quriliş işlarini davom ettirişga sarflanadi. Bu inşootlardagi işlar yarim yil avval quriliş şartnomalari bilan vujudga kelgan murakkabliklar tufayli töxtatilgandi. Hamma loyihalar esa taxminan 5 yil avval boşlangan bölib, hozirga qadar atigi 10 foizi amalga oşirilgan. Ayni damda quriliş uçun materiallar yetkazib beriş böyiça kelişuvlarga erişilmoqda, hamda loyihalar yaqin vaqt içida tiklanadi, deb ma'lum qildi Afğoniston moliya vaziri örinbosari Abdul Başir Azimi.

Uçta GES qurilişining umumiy qiymati 200 million dollardan köproqni taşkil etadi, deb xabar bermoqda Afğonistonning «Ariana-TV» telekanali.

Taxminlarga köra, işlar yakunlanganidan söng ikki ming gektardan ortiq qişloq xöjalik yerlarini suğoriş imkoniyati yaratiladi. 

«Afganistan.Ru» portalining xabar berişiça, hukumat energetika sohasida özini-özi ta'minlaş uçun harakat qilmoqda, şu sababdan GESlar qurilişiga mablağlar yönaltirilmoqda.