«Arsenal» yarim himoyaçisi Mesut Özil yozgi transferlar vaqtida klubini özgartirişi kutilmoqda.

Football London xabariga köra, germaniyalik uşbu xavbek londonliklar jamoasi rahbariyati bilan şartnomani uzaytiriş borasida kelişuvga erişa olmagan va boşqa jamoa vakillari bilan muzokaralar ötkazişga tayyor.

U haftasiga 280 ming yevro maoş olişni istagandi, klubdagilar esa unga 200 ming yevro taklif etgan.

28 yoşli uşbu futbolçini «Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino öz jamoasida körişni istamoqda, u bu futbolçiga «Real»da işlaganida ham ustozlik qilgandi. 

Mankunianliklar rahbariyati ham Özil bilan şartnoma tuzişga qarşi emas.

U joriy mavsumda «kanonirlar» safida barça turnirlarni qöşib hisoblaganda 31 uçraşuv ötkazgan va 9 gol urib, 7 golga uzatma bergan.