Yaxşi kitobni olib, öringa qulay örnaşib olişdan yaxşisi yöqdek tuyuladi ba'zan. Yaponiyadagi noodatiy kutubxonalardan birida bu ikki sevimli maşğulot uçun qulay imkoniyat yaratilgan.
Book and Bed (Kitob va karavot) - bu Tokioda 30 kişiga möljallangan kiçik xostel. Bu yerga taşrif buyurganlar kitoblarga töla kutubxona javonlari ortida yaşiringan kiçik hujraçalarda dam olişlari mumkin.
Tungi uyqu uçun eng yaxşi joy deb bölmaydi, albatta. Bu yerda qulay martraslar, momiq yostiqlar, yengil adyollar yöq.
Yotoqxona buning örniga kitobsevarlarga özgaça tajriba - kitob mutolaa qilib, dam olişni taklif qiladi.

Bunday yotoqxonaning bir kunlik narxi - 34 dollar atrofida. Har bir nomerda oddiy matras va mutolaa uçun çiroq bor. Şuningdek bepul Wi-Fi ham taqdim etiladi.
Ma'lumotlarga köra, kutubxonadagi kitoblar soni - 3000 taga yaqin.













