Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Niderlandiya bilan diplomatik mojaroni uzr söraş orqali hal qilib bölmasligi haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

U bu haqda Anqaradagi tadbirda aytib ötgan. Prezident şuningdek Niderlandiyaga nisbatan qöşimça harakatlar qabul qilinişi bilan tahdid qildi.

Erdöğan Germaniya kansleri Angela Merkelni Turkiyaga, xuddi Niderlandiya politsiyasi Anqaraning Rotterdamdagi konsulligi yonida norozilik namoyişi ötkazgan turklarga qarşi itlar va suv zambaraklaridan foydalangani kabi hujum qilişda aybladi.

Uning fikriça, Merkel «Niderlandiyadan heç nima bilan farq qilmaydi», u Yevropa Ittifoqiga köçib ketgan turklarni Yevropa davlatlaridagi yaqin orada bölib ötadigan saylovlarda «hukumat va irqçilar»ga ovoz bermaslikka çaqirdi.

Turkiya taşqi işlar vaziri Mevlud Çavuşöğli 11 mart, şanba kuni Rotterdamdagi mitingga taşrif buyurib, Turkiya fuqarolariga 16 aprel kungi referendumga qöyilgan konstitutsiyaviy tuzatişlar haqida ma'lumot yetkazişni rejalaştirgandi. Biroq uning samolyoti Niderlandiyaga kiritilmadi. Şundan söng ikki mamlakat örtasida diplomatik mojaro yuz berdi. Erdöğan Niderlandiyaga qarşi sanksiyalarni kiritiş bilan tahdid qildi.

Turkiya boş vaziri örinbosari Nömon Qurtulmuş Niderlandiya elçisiga mamlakatga kiriş taqiqlangani haqida ma'lum qildi, Erdöğan esa Anqara vazirlarining çiqiş qilişiga taqiq qöyilgani tufayli inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga murojaat qilişga tayyor ekanini aytib ötdi.