«Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola Myunxenning «Bavariya» klubi yarimhimoyaçisi Joşua Kimmixga qiziqiş bildirmoqda, deb yozadi Mirror.

Manba bergan xabarga köra, ispaniyalik mutaxassis öz jamoasi safini qanot himoyaçilar va yarimhimoyaçilari evaziga kuçaytirişni rejalaştirmoqda. Germaniya terma jamoasi futbolçisining imkoniyatlarini Gvardiola yaxşi biladi. Çunki aynan u rahbarligida Kimmix Myunxenga olib kelingan va asosiy tarkibga kiritilgandi.

Oldinroq, Kimmix joriy mavsumdagi faoliyatidan qoniqiş hosil qilmayotganini tan olgandi. Bundesliganing ortda qolgan 24 turidan 18tasida maydonga tuşgan (şularning 10tasida asosiy tarkibda) futbolçi 4ta gol va bitta golli uzatma muallifi bölgan.