Samolyotda quloqçinlari portlab ketgan ayol yuz va qöl sohalarining kuyişidan jabrlandi. Bu haqida 15 mart, çorşanba kuni Avstraliya rasmiylari xabariga asoslanib, Gulf News ma'lum qildi. 

19 fevral kuni Pekindan Melburnga parvoz qilayotgan yölovçi ayolning közlari uyquga ilingan bir paytda u öz quloqçinlarida musiqa tinglayotgan bölgan. Kutilmaganda baland portlaş tovuşi eştilgan. 

"Men atrofga qaramoqçi bölgan edim, yuzim kuyganini his qildim", - dedi u voqeani örganayotgan Avstraliya transport xavfsizligi byurosi (ATSB)da.

Ayol quloqçinlari yonayotganini anglab yetganidan söng ularni polga taşlab yuborgan. 

"Quloqçinlar uçqunlab, biroz olov ham çiqarayotgandi", - deydi u. 

Bort kuzatuvçilari yordamga şoşib, quloqçinlar ustidan bir çelak suv ağdarişgan, biroq batareya va uning qopqoği erib, polga yopişib qolgan. 

Suratlarda ismi oşkor qilinmagan ayolning yuz, böyin hamda qöl sohalari kuyganini köriş mumkin. 

Yölovçilar parvozning qolgan qismida erigan plastik, kuygan elektronika va soçlar hididan "baxramand böliş"lariga töğri keldi. 

"Odamlar manzilga yetib kelgunça yötalib, nafaslari siqib kelişdi", - dedi ayol. 

Transport xavfsizlik bölimi qurilmadagi litiy-ion batareyalarining yonganini taxmin qildi. 

"Batareyali qurilmalar assortimenti oşgani sayin parvoz vaqtida yuzaga keladigan muammolar soni oşib bormoqda", - dedi u va bunday qurilmalarni parvoz vaqtida xavfsiz joyda saqlaş kerakligini qöşimça qildi. 

Ta'kidlaş joizki, ötgan yili köplab aviakompaniyalar litiy-ion batareyalarining portlaşi bilan boğliq xabarlardan keyin Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarini taqiqlaşgan edi.