Yevropa çempionlar ligasining 1/8 final javob uçraşuvilaridan birida «Lester» Ispaniyaning «Sevilya» klubini qabul qildi.
Uçraşuvning 27-daqiqasida mezbonlar sardori Uesli Morgan jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Bu gol yamaykalik futbolçilarning YeÇLdagi dastlabki goli böldi. Ikkinçi bölimda esa Mark Olbrayton tomonidan kiritilgan gol hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.
Uçraşuvning 74-daqiqasida «Sevilya» bir kişi kam bölib qoldi. Samir Nasri Jyeymi Vardi bilan tortişib qolgani natijasida sariq kartoçka işlab oldi. Bu fransuz futbolçisining ikkinçi sariq kartoçkasi edi. Ammo şunga qaramasdan, mehmonlarda gol kiritiş imkoniyati yuzaga kelgandi. Biroq Stiven Nzonzi 80-daqiqada amalga oşirgan penaltini Kasper Şmeyxel bartaraf etib, ketma-ket ikkinçi marta «Sevilya»ning bu nuqtadan bergan zarbasini qaytargan ilk darvozabonga aylandi.
Natijada «Lester» uşbu ğalabani uşlab qoldi va Angliyadan çorak finalga yöllanma olgan 8-jamoa bölib tarixga kirdi.
YeÇL, 1/8 final
Javob uçraşuvlari
Lester (Angliya) – Sevilya (Ispaniya) 2:0 (1:0)
Gollar: Morgan(27), Olbrayton (54).
Lester: Şmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Hut, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Mahrez (Amarti, 90), Okazaki (Slimani, 64), Vardi.
Sevilya: Riko, Parexa, Rami, Eskudero, Merkado (Mariano, 46), Nzonzi, Sarabiya (Yovetiç, 46), Nasri, Iborra, Vitolo, Ben-Yyedder (Korrea, 68).
Ogohlantirişlar: Nasri (18), Vitolo (59), Vardi (74), Şmeyxel (79), Ndidi (84), Marez (89).
Çetlatiş: Nasri (74, Sevilya).
Dastlabki uçraşuv: 1:2











