Kolumbiyaning markaziy qismidagi Tolima departamentida Google tomonidan asos solingan X kompaniyasiga tegişli Project Loon havo şari halokatga uçradi. Mahalliy fermerlar qulagan obektni özga sayyoraliklar deb öylaşgan, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.

Mahalliy fuqarolarning aniqlik kiritişiça, ular özlariga noma'lum bölgan obektdan “dahşatga” tuşişgan. “Undan tutun va ğalati suyuqlik çiqib ketdi”, - deya ta'kidlab ötdi San Luis şahri vakili. Avvaliga kişilar obektni NUJ yoki fazoviy kemaning parçasi deb öylaşgan.

Bi-bi-si ma'lumotiga köra, obekt aslida nima ekani va kimga tegişliligini politsiya aniqlab bergan. Uning halokatiga nima sabab bölgani hozirça noma'lum.

Ma'lumot uçun, bu Project Loon havo şarining birinçi marta qulaşi emas. 2016 yilning fevralida ham şunday hodisa kuzatilgan, öşanda obekt Şri-Lankadagi çoy plantatsiyasiga tuşgandi. Şar sinovdan ötkaziş jarayonida bölgan.

Loon loyihasi haqida 2013 yilning yozida ma'lum qilingan. Google butun dunyoni (jumladan, uzoq tumanlarni) internet bilan stratosferada harakatlanuvçi havo şarlari ta'minlaş niyatida.