Qozoğistonning Manğistau viloyatida töy korteji iştirokçilari töpponçalardan öq uzganlari videosi paydo böldi.
Politsiyaçilarning aytişlariça, videorolikdagi voqea 11 mart kuni Janaözen-Aqtau yölida yuz bergan. Unda janaözenlik uç kişi iştirok etgan. "Lexus LX maşinasidan havoga öq uzgan, Janaözenda yaşovçi 1997 yilda tuğilgan şaxsga nisbatan "Mayda bezorilik" va "Aholi punktlarida va maxsus ajratilmagan joylarda öqotar, gaz qurolidan öq otiş" moddalari böyiça bayonnoma tuzilgan. U 45380 tenge miqdoridagi jarimaga tortiladi", deyilgan xabarda.
Qoidabuzardan Stalker M906 rusumidagi şovqin töpponçasi tortib olindi. Şuningdek, Lexus LX 570 egasi, 1997 yilda tuğilgan şaxs maşinani qalbaki davlat raqamlari bilan boşqargani aniqlangan. Unga nisbatan ham bir neça moddalar böyiça bayonnoma tuzilgan. Qoidabuzarga nisbatan 113 ming tengelik jarima undiriş yoki transport vositasini boşqarişdan bir yilga mahrum qiliş jazosi qöllanişi mumkin.
Voqeaning yana bir iştirokçisi, BMW avtomobilini boşqargan 1993 yilda tuğilgan şaxs "Taqiqlangan joylarda orqaga buriliş yoki orqa bilan yuriş" moddasi böyiça javobgarlikka tortildi. Unga solinadigan umumiy jarima miqdori 45 380 tengeni taşkil qilgan.
Uşbu qoidabuzarliklar böyiça materiallar Janaözen ma'muriy sudiga körib çiqiş uçun yuborilgan.












