«Barselona» «Liverpul»dan braziliyalik yarim himoyaçi Felippe Koutinoni transfer qiliş ğoyasidan voz keçmayapti.
Diario Gol ma'lumotiga köra, kataloniyaliklar jamoasi hujumçisi Neymar öz vatandoşi bilan bir klubda töp surişni istamoqda va rahbariyatni Koutino uçun harakat qilib körişga köndirgan.
Qayd etilişiça, «Barselona» xöjayinlari «qizillar» safidagi xavbekning öyinlarini avvaldan kuzatib kelişgan va Neymarning taklifini ma'qullaşgan.
Ammo, kataloniyaliklar klubi yetakçisi, joriy mavsum yakuniga qadar jamoada öynovçi murabbiy vazifasini zimmasiga olgan Lionel Messi tarkibda Luis Suaresga raqobat qilişi mumkin bölgan Koutinoning transferiga qarşi çiqqan.
Joriy mavsumda 24 yoşli Koutino barça turnirlar doirasida 26 uçraşuv ötkazib, 7 gol urgan va 7 golga hammualliflik qilgan.
Transfermarkt.de portalida«Liverpul» bilan 2022 yilgaça amal qiladigan şartnomaga ega bu futbolçining transfer qiymati 40 million yevroga baholangan.
Messi Enrikeni işdan çetlatdi va «Barselona»da asosiy qarorlarni qabul qila boşladi












