Xalq deputatlari Samarqand şahar Kengaşining navbatdagi sessiyasida Oliy Majlis Senati huzuridagi Içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş böyiça komissiyaning viloyat hududiy komissiyasi tomonidan şaharda olib borgan örganişlari natijasi muhokama etildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Oliy Majlis Senati raisi Niğmatilla Yöldoşevning ma'lum qilişiça, Samarqand viloyati hududiy komissiyasi tomonidan 10 kun davomida Samarqand şahar içki işlar boşqarmasining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklar profilaktikasi böyiça faoliyati örganildi.

Örganiş davomida aniqlanişiça, Samarqand şahrida ayrim jinoyatlar kamaygan bölsa-da, qotillik, qasddan oğir tan jarohati yetkaziş, talonçilik, firibgarlik, öğirlik va avtotransport vositasini olib qoçiş holatlari oşgan. 122 mahallada jinoyatlar qayd etilgan. Muqaddam sudlanganlar tomonidan takroran jinoyat sodir etilişi ham köpaygan.

Sessiyada içki işlar idoralari, mahalla va ta'lim muassasalari hamkorligini mustahkamlaş, voyaga yetmaganlarning noqonuniy ravişda çet elga çiqib ketişining oldini oliş, yoşlar, xotin-qizlar örtasida jinoyatçilik va turli huquqbuzarliklar profilaktikasini kuçaytiriş lozimligi ta'kidlandi.

Örganiş davomida qayd etilgan kamçiliklar yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlari va mas'ul xodimlarning axborotlari eşitildi. Şaharda jinoyatçilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini oliş, bu borada aholining huquqiy madaniyatini oşiriş yuzasidan tavsiyalar bildirildi.