Tojikistonlik olimlar kişilar ismi-şarifini yozişda "Ts" harfini iste'moldan olib taşlaşni taklif qilişmoqda. Masalan, Rossiya va xorij siyosatçilari, olimlari va jamoat arboblarining ismi-şariflarida.

Tojikiston fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining tojik tili bölimi rahbari Sayfiddin Mirzoyev Asia Plus'ga xabar berişiça, tojik tilida avval "Ts" harfi bölmagani sabab uni alifbodan olib taşlaşgan. 

Biroq endi olimlar kişilar ismi-şarifini yozişda bu harfni qöllamaslik taşabbusi bilan çiqişdi. Masalan, Mark Tsukerburg tojik tilida yozilganda Mark Sukerberg, Boris Yeltsin - Boris Yelsin, Klara Tsetkin - Klara Setkin, Zurab Tseretelli - Zurab Seretelli va h.k.

"Tojik tilida umumiy otlarda "Ts" harfi qöllanmayapti. Bu harf ba'zi hollarda "S", boşqa hollarda esa "TS"ga almaştirilgan. Masalan, sement-sement, sirk-sirk, konsert-konsert, konstituttsiya-konstitutsiya, dotsent-dosent", - dedi Mirzoyev. 

U tojik tili orfografiyasi qoidalarining 13-punktida "Ts" harfi kişilik otlarida qöllanilişi yozilganini eslatib ötdi.  

"Biz, Tojikiston fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti "Ts" harfini alifboga yoki qaytariş, yoki 13-punktdan izohni olib taşlaşni taklif qilgandik. Axir, bu qoidaga töğri kelmaydi", - deydi Sayfiddin Mirzoyev.

Uning sözlariga köra, tilşunos olimlardan iborat işçi guruh bu masalani körib çiqib, kişilik nomlarida ham "Ts" harfini qöllaşni töxtatiş taklifini berişgan. Mazkur taklif tasdiq uçun parlamentga yöllanadi.