Germaniyaning Audi kompaniyasi filiallariga qaraşli ofislarda yil yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani boşlanişidan biroz avval tintuvlar ötkazildi, deb yozmoqda Die Zeit. Bu kompaniya firibgarlik va noqonuniy reklamada gumonlanayotgani tufayli yuz berdi.
Ma'lumotlarga köra, tintuvda 80 nafar prokurorlar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari iştirok etdi. Bu holat matbuot anjumanidan uç soat avval boşlangan bölib, kompaniya xodimlariga tegişli şaxsiy xonadonlar ham közdan keçirilgan. Şu tariqa, Audi’ning GFRning uç federal yeri: Bavariya, Baden- Vyurtemberg hamda Quyi Saksoniyadagi töqqizta ofisi tekşirildi.
Tergovçilarning hisobotiga köra, gap Audi’ning AQŞ bozoridagi xatti-harakatlari haqida bormoqda. Muhandislar Amerika hukumatidan sinov jarayonida atmosferaga çiqariladigan zararli moddalarning haqiqiy natijalarini yaşirişgan. Avvalroq Kaliforniya ştati atmosfera resurslari böyiça boşqarma ekspertlari kompaniya avtomobillaridagi dasturiy ta'minotda maxsus funksiyani aniqlaşdi – u zararli moddalarning çiqarib taşlanişi körsatkiçlarini soxtalaştirişda qöllanilgan.
Audi rasmiy vakili vaziyatga şunday izoh berdi: «Biz hukumat bilan hamkorlik qilişga tayyormiz, sababi özimiz şunday holatlarni oşkor etişdan manfaatdormiz».












