Jaguar kompaniyasi özining ilk elektr krossoveri I-Pace’ning seriyali tarzda işlab çiqariladigan versiyasini joriy yil oxirigaça taqdim qiladi. Ingliz markasining matbuot xizmati bergan xabarda uşbu modeldagi avtomobillar 2018 yil ikkinçi yarmidan boşlab sotilişi aytilgan. Jaguar I-Pace’ning asosiy raqobatçisi Tesla Model X krossoveri böladi. Avtomobil Avstriyadagi Magna Steyr zavodida yiğiladi.
"Bu model ustida işlaş davomida biz an'anaviy qoidalarga qarşi borib, superkar taşqi körinişiga, sportkar dinamikasi va elektr privodga ega avtomobil yaratdik", deb aytgan Jaguar’ning dizayn böyiça direktori Yan Kallum.
Ayni vaqtda Jaguar krossoverni London köçalarida sinovdan ötkazdi. Prototipning uzunligi 4680 millimetrni, eni 1890 millimetrni taşkil qiladi. Ğildiraklar bazasi 2990 millimetrga teng. Avtomobil ikkita yukxona (530 litrli orqa va 28 litrli old), yöğon ğildiraklar arkasi, diffuzor va 23 dyuymli ğildirak disklari bilan jihozlangan. Maşinaning seriyali tarzda işlab çiqariluvçi versiyasi kontseptdan deyarli farq qilmaydi.












