17 aprelda Nyu-Yorkdagi avtosalonda “Jahonning yil avtomobili” tanlovi ğolibi e'lon qilindi. Bu yuksak unvonga Jaguar britan markasining töliq elektr kuç qurilmali ilk avtomobili I-Pace loyiq deb topildi. Jaguar Land Rover guruhi uçun bu unvon tarixdagi ikkinçisi böldi: 2 yil avval Jaguar F-Pace modeli dunyoning eng yaxşi avtomobili deb topilgandi.

Umuman olganda I-Pace 3 ta yönaliş böyiça eng yaxşi deb topilgan.

Dastlab ğoliblikka da'vogarlar röyxatida 40 ta model bölgan. Uçta finalçidan iborat qisqa röyxat Jyenevadagi avtosalonda e'lon qilingandi. Bu röyxatga Audi e-tron, Jaguar I-Pace va Volvo S60/V60 kiritilgandi. Ğolibni tarkibiga 24 ta davlatdan avtomobil sohasini yorituvçi 86 jurnalist kirgan hakamlar hay'ati tanlagan. 

Nyu-York avtosalonida yana 5 ta yönaliş böyiça ğoliblar e'lon qilingan. “Eng yaxşi nufuzli avtomobil” yönalişida Audi A7, “Eng yaxşi sportkar” yönalişida McLaren 720S, “Eng yaxşi şahar avtomobili” yönalişida Suzuki Jimny, “Eng yaxşi ekologik avtomobil” va “Eng yaxşi dizayn” yönalişlarida I-Pace ğolib deb topilgan.

Foto: Audi A7
Foto: McLaren 720S
Foto: Suzuki Jimny

2018 yilda “Jahonning yil avtomobili” nomiga Volvo XC60 modeli, 2017 yilda esa Jaguar F-Pace sazovor bölgandi.