Afğoniston Energetika va suv ta'minoti vazirligi ma'lum qildiki, CASA-1000 mintaqaviy loyihasi böyiça quriliş işlari 2018 yilda boşlanadi. Afghanistan.ru naşri xabariga köra, 1 yil içida zarur quriliş materiallari xarid qilinişi kerak.
«Tolo» telekanali ma'lumotiga köra, Afğoniston viloyatlaridagi quriliş işlari xarajatlari loyihaning boşqa iştirokçilari Qirğiziston, Tojikiston va Pokiston tomonidan qoplanadi.
Qirğiziston va Tojikistonda mavjud gidroelektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr quvvatini Janubiy Osiyoga uzatiş uçun 1200 kilometrlik yangi elektr uzatiş tarmoğini qurişni közda tutadigan uşbu loyihaning umumiy qiymati 1,17 milliard dollarga hisoblangan. Uşbu loyihani Jahon banki, Islom Taraqqiyot banki, AQŞning xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), AQŞ Davlat departamenti, Buyuk Britaniya Xalqaro hamkorlik vazirligi (DFID) va Avstraliya Xalqaro Taraqqiyot agentligi (AusAID) moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaydi.
Avvaliga bu loyiha orqali janubga uzatiladigan elektr energiyasining bir qismini Afğoniston ham sotib olişi közda tutilgandi, ammo keyinroq hukumat buni rad etdi va bu davlat faqat tranzit davlat funksiyasini bajaruvçi bölib qoldi. Afğoniston buning uçun har yili 50 million dollar daromad oladi.
CASA-1000 loyihasi amalga oşirilişi Tojikistonda Roğun GESi, Qirğizistonda esa Qambarota 1 GESi qurilişi bilan uzviy boğliq edi.
Tojikistonda ötgan yilning oktabrida Roğun GESining dunyodagi eng yirik suv töğoni (335 metr) qurilişi boşlangandi. Töğon qurilişining boşlanişi hamda Vaxş daryosi özani tösilişini mamlakat prezidenti Emomali Rahmon, hukumat a'zolari va parlamentariylar kuzatib turgan, hatto prezident buldozerga çiqib, bu qurilişda qatnaşgandi.
Bungaça Özbekiston hukumati Roğun GESi qurilişiga ham, CASA-1000 loyihasiga ham qarşi bölgan.











