Özbekiston, Qirğiziston va Qozoğiston Qambarota GES-1 qurilişiga tayyorgarlikni boşlaşga kelişib oldi, deb xabar qildi Özbekiston Energetika vazirligi.
Venada bölib ötgan Qirğiziston energetika forumida uç mamlakat energetika idoralari rahbarlari kelişuv imzoladi. Jahon banki kömagida 10 iyun kuni boşlangan tadbir respublika energetika sohasini taqdim etiş va unga sarmoya jalb etiş maqsadida ötkazilmoqda.
Forumda 200 dan ortiq mehmonlar bor. Ular orasida - loyihada iştirok etayotgan uç davlat, Avstriya, Fransiya, Britaniya, Saudiya Arabistoni, şuningdek, xalqaro moliya taşkilotlari vakillari.
Bitim «yaşil» energiya sohasida hamkorlikni rivojlantirişni nazarda tutadi. Tomonlar gidroelektr stansiyasi loyihasida suv-energetika resurslaridan foydalanişning özaro maqbul mexanizmlarini işlab çiqişni rejalaştirmoqda.

2023 yil yanvar oyida Özbekiston va Qozoğiston Qirğizistonda GES qurilişiga qöşildi. Qambarota GES-1 mamlakatning eng yirik elektr stansiyasiga aylanişi va qöşni davlatlarni energiya bilan ta’minlaşi kerak.
Qozoğiston hukumati aprel oyida gidroelektr stansiyasini quriş böyiça qöşma kompaniya yaratişda hukumatlararo kelişuv loyihasini taqdim etgan edi. Unga köra, Özbekiston va Qozoğiston 33 foizdan, Qirğiziston 34 foiz uluşga ega böladi.












