Bolgariya Turkiyani mamlakatdagi muddatdan avvalgi parlament saylovlari jarayoniga aralaşişda aybladi va özining Turkiyadagi elçisini maslahatlaşiş uçun çaqirtirib oldi. Bu haqda 16 mart kuni The Sofia Globe naşri xabar berdi. 

Jumladan, Bolgariya Anqara mahalliy turklar manfaatini bildirişga da'vogarlik qiluvçi mahalliy partiyalardan birini qöllab-quvvatlaşini aytdi. Şu bilan boğliq holda Turkiya mehnat va ijtimoiy ta'minot vaziri Mexmet Muyazzinöğluning Turkiyada yaşovçi bulğorlarni "Ma'suliyat, ozodlik va bağrikenglik uçun demokratlar" partiyasiga ovoz berişga çaqirgani eslatib ötildi.

Bolgariya boş vazirining içki tartib va xavfsizlik böyiça örinbosari, mudofaa vaziri Stefan Yanev saylovlar arafasida "migratsion oqimning faollaşişidan", ya'ni Turkiyada yaşovçi Bolgariya fuqarolari öz vatanlariga kelib, ovoz berişlari mumkinligidan ogohlantirdi. Yanev şuningdek mamlakat rahbariyati Bolgariya-Turkiya çegarasini şunday ovoz beruvçilar kesib ötişining oldini olmoqçiligini aytdi.   

7 mart kuni Bolgariya taşqi işlar vazirligi Turkiya elçisini çaqirtirib, unga "mamlakatning içki işlariga aralaşilişidan" norozilik bildirgandi. Bunga javoban Anqara Sofiyani Turkiyada yaşovçi bulğorlarning yaşaş manzili böyiça ovoz beriş imkoniyatini çeklaş bilan saylov huquqlarini tahqirlaşda ayblagan.

Bolgariyada muddatdan avval parlament saylovlari 26 mart kuni bölib ötadi. Bolgariyada musulmonlar aholining 13 foizini taşkil qiladi. Ularning katta qismini turklar taşkil qiladi. Ayni vaqtda Turkiyada 60 mingga yaqin bulğorlar yaşaydi. Ular oxirgi ön yil içida Turkiyaga köçib ötişgan va şu bilan birga Bolgariya fuqaroligini saqlab qolişgan.