Olimpiya öyinlarining 7 karra iştirokçisi, sport gimnastikasi böyiça Özbekiston terma jamoasi yetakçisi Oksana Çusovitina Bokuda ötkazilayotgan sport gimnastikasi böyiça jahon kubogida tayanib sakraş böyiça musobaqalari finalida iştirok etadi.

U saralaş bosqiçida guruhdagi eng yaxşi natijani qayd etgan (14.383 ball), ikkinçi va uçinçi örinlarni avstraliyalik Emili Littl (14,033) va ozarboyjonlik Marina Nekrasova (13,733) egallagan.

Finalga boşqa saralaş guruhlaridan  Teja Belyak va Tyaşa Kiseleff (ikkisi ham slovakiyalik), Argiro Afrati (Gretsiya), Gaya Giladi (Isroil) hamda Rozanna Oyala (Finlyandiya) çiqqan.

Ozarboyjon poytaxtida 16-19 mart kunlarida FIG seriyasiga kiruvçi Jahon kubogi ötkazilmoqda. Unda 23 mamlakat vakillari iştirok etmoqda.