BMT Xavfsizlik kengaşi BMTning Afğonistonga kömak körsatiş böyiça missiyasini (MOONSA) yana bir yilga – 2018 yil 17 martgaça uzaytirdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
BMTda ta'kidlanişiça, Afğonistonda xalqaro kuçlarning mavjudligi "Afğonistonga xavfsizlik, davlat boşqaruvi va rivojlaniş sohalarida öz zimmasiga töliq hajmda yetakçi rol va javobgarlikni olişiga kömak beradi".
BMT Xavfsizlik kengaşi a'zolari MOONSA va BMT boş kotibining Afğonistondagi maxsus vakili Tadamiçi Yamamotoga afğon hukumatiga "rivojlaniş va davlat boşqaruvi sohalaridagi ustuvor vazifalarda" kömak körsatişga alohida e'tibor qaratişni topşirdi.
Bundan taşqari, missiyaga Afğonistonda bölib ötadigan parlament saylovlarini taşkillaştirişda yordam beriş, gumanitar operatsiyalarni boşqariş va afğon hukumati va nohukumat taşkilotlari bilan inson huquqlari sohasidagi vaziyatni kuzatişda hamkorlik qiliş vazifasi yuklatildi.

















