Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpoğistonga, şu jumladan, Şumanay tumaniga taşrifi çoğida yakka tadbirkor Seydabulla Medetov bilan uçraşib, uning kitob dökonini oçiş böyiça ğoyalarini qöllab-quvvatlagandi, deb xabar bermoqda Kruz.uz.
Naşrning qayd etişiça, 2011 yildan buyon yakka tadbirkor sifatida fotostudiya taşkil qilib, aholiga xizmat körsatgan 28 yoşli Medetov keyinçalik kantselyariya buyumlari savdosi bilan şuğullanib kelayotgandi.
- Prezidentimizga dilimdagi sözlarni aytiş imkoniga ega bölganim va Yurtboşimizning samimiy sözlari menga ma'naviy kuç bağişlab, meni yangidan-yangi maqsadlar sari ruhlantirib yubordi, - deydi u. - Çunki tumanimiz yoşlari nomidan şaxsiy kitob dökonimni barpo etiş niyatimni aytganimda, Prezidentimiz meni qöllab-quvvatlab, ikki qavatli kitob dökonini barpo etişim uçun 500 million söm mablağ ajratişda yordam körsatişini aytdi. Mendek oddiy qişloq yigitiga körsatgan bunday yuksak ğamxörligi va e'tibori uçun tumanimizning barça yoşu-qarisi hamda davlatimiz rahbaridan minnatdor ekanimni baralla aytgim keladi.
Xabarda aytilişiça, qisqa vaqt içida 500 million söm mablağ yakka tadbirkorning hisobiga tuşirildi va tuman markazidan «Şumanay kitob olami» kitob dökoni uçun yer maydoni ajratildi. Bugungi kunda dökonning devorlarini tiklaş işlari olib borilmoqda.











