Facebook tarmoğining Drivetribe guruhida öz-özidan işlovçi «yaşirin politsiyaçi» haqidagi video paydo böldi. Unda yölning qatnov qismiga örnatilgan va tezlik oşirilgani qayd etilsa, çuqurçaga aylanadigan qurilma xususida söz boradi. Bunda qoidani buzgan haydovçi avtomobilining podveskasidan zarbani qabul qiladi.
Qurilma Actibump deb nomlangan bölib, Şvetsiya şaharlaridan biriga örnatilgan. «Avtomatik çuqurça» radar yordamida işga tuşadi. Agar radar tezlik oşirilganini qayd etsa, «politsiyaçi» 60 mm çuqurlikdagi sun'iy çuqurçani hosil qiladi.












