Jahon | 09:24 / 20.03.2017
18270
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti reytingi rekord darajada pasayib ketdi

Foto:EPA

Ayni vaqtda AQSh prezidenti Donald Trampga ishonch reytingi u prezident lavozimini egallayotgan davrdagi rekord darajada past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Bundan Gallup jamoat fikrini o‘rganish instituti o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari darak bermoqda.

Ayni vaqtda Tramp va Xillari Klintonga ishonch reytingi tenglashgan. Hozirda ikkala siyosatchining faoliyatini so‘ralganlardan 37 foizigina qo‘llab-quvvatlaydi, 58 foizi esa salbiy munosabatda. Tramp uchun bu natija inauguratsiyasidan keyin eng past natija bo‘ldi, o‘shanda uni 45 foiz so‘ralganlar qo‘llab-quvvatlayotgandi, yana shuncha foiz odam unga ishonchsizlik bildirgandi.

Trampga ishonch darajasi saylovoldi poygasi vaqtida ham uncha baland bo‘lmagan, biroq u AQSh saylov tizimining o‘ziga xos jihatlaridan foydalanib, "ikkilanib turgan" shtatlar hisobiga Xillari Klintonni ortda qoldirgandi.

Mavzuga oid