Angliya premer-ligasining 29-turidan örin olgan markaziy uçraşuvda «Mançester Siti» öz uyida «Liverpul»ni qabul qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimida jamoalar juda köplab vaziyatlar yaratgan bölsada, hisob oçilmay qoldi. Ikkinçi bölimda avvaliga Firminoga nisbatan işlatilgan qöpollikdan söng belgilangan penaltini Jyeyms Milner aniq amalga oşirib hisobni oçdi. 69-daqiqada esa Kevin De Bryuynening pasidan söng Serxio Aguero oradagi farqni yöqqa çiqardi.

Keyingi daqiqalarda ham jamoalar köplab imkoniyatlarga ega bölgan bölsada, hisob özgarmay qoldi. 

Uşbu natijadan keyin «Mançester Siti» hisobidagi oçkolar soni 57taga yetdi. «Liverpul» hisobida esa 56 oçko mavjud. Bundan taşqari, «Mançester Siti» bitta kam uçraşuv ötkazgan.

Angliya premer-ligasi, 29-tur

Mançester Siti – Liverpul 1:1 (0:0)

Gollar: Aguero (69) – Milner (51, penalti).
Mançester Siti: Kabalero, Klişi, Stounz, Otamendi, Fernandino, Sane (Fernando, 83), Ture (Sanya, 65), Sterling, Silva, de Bryuyne, Aguero.
Liverpul: Minole, Klavan, Matip, Klayn, Koutino (Origi, 73), Veynaldum, Firmino (Leyva, 89), Lallana, Mane, Djan, Milner.
Ogohlantirişlar: Firmino (16), Ture (22), Matip (43), Klişi (50), Silva (50), Mane (89).