Boy milliy an'ana va qadriyatlarimiz, gözal urf-odatlarimizning amaliy namunasi, fusunkor bahorning körki sanalgan “Navröz” umumxalq bayrami bugun butun yurtimiz böylab özgaça şukuh, çeksiz hayajon, kötarinki kayfiyatda kezib yuribdi. 

Erta tongdan hamişa navqiron va qöhna yurt sanalgan Marğilonning fayzli köçalari qatori Yoşlar hiyoboni ham ana şu qutluğ bayram munosabati bilan yuragida köklam quvonçi mavj urayotgan olov qalbli hamyurtlarimiz bilan töldi. Şahardagi  bir qator ibratli va namunali deya nom olgan mahallalardan taşrif buyurgan soçu soqollari köngli kabi oppoq nuroniy otaxonlar, suvratiyu siyratidan nur yoğilib turadigan hoji onalarning duoyi fotihalari esa ayyomga yanada özgaça ruh bağişladi. 

Dunyodagi jamiki şodlik, mehru oqibat, tinçlik va farovonlik tuyğulari köngillardan közlarga, yuzlarga köçgandek göyo. Qalbidagi bor quvonçini varragiga qöşib yuksak samolarga baland parvoz ettirayotgan, ayniqsa xiyobonda taşkil etilgan turli attraksion va arğimçoqlarda miriqib uçayotgan bir-biridan şirin bolajonlarni körgan kişining vujudi esa allaneçuk hayajondan hapqirib ketadi, beixtiyor bir zumga bölsada bolalik çoğlariga qaytgandek böladi, çarçoqlarini unutadi... Bayram yarmarkalari dasturxonlarini bezab turgan sumalak, kök somsa, kök çuçvara kabi bir-biridan lazzatli bahoriy taomlar esa özining yoqimli hidi bilan kişi iştahasini qitiqlab yuboradi. 

Bir tomonda Marğilonning yuzi, gözal husni sanalgan jilvakor xonatlasu adras kabi milliy liboslari xuşbiçim qomatiga yaraşgan, boşlariga bahordek barq urib turgan iroqi döppilar kiyib olgan kumuşbibidek lobaru dilbar qizlar boy milliy etnografik qöşiqlarimizdan durdonalar xirgoyi qilib, köngillarga yanada özgaça quvonç ulaşişgan bölsa, yana bir tomonda esa ota-bobolarimizdan meros bölgan oppoq yaktagu çoponlar kiygan belida belboği bor alpqomat yigitlar özbek milliy öyinlarimizdan sanalgan arqon tortiş musoboqasida özaro bellaşdilar.  

Bayram dasturi viloyat, şuningdek poytaxtdan taşrif buyurgan el ardoğidagi bir guruh xonandalarning diltortar xonişlari, qiziqçiyu askiyaçilarning köngiloçar xandalari bilan yanada sermazmun tarzda ötdi. Şahardagi arçazor xiyobonida esa ayyom munosabati bilan 100 kilogramm miqdorida palov tayyorlanib, şahardagi kam ta'minlangan, ehtiyojmand  oilalalarga tarqatildi. 

Şu kuni bayram munosabati bilan şahar içi yölovçi taşiş transportlari yölovçilarga bepul hamda beminnat xizmat körsatdi.