Meksikaning Verakrus ştatidagi Koşkiui şahrida yuz bergan qurolli töqnaşuv sakkiz kişi hayotiga zomin böldi, ularning beş nafari – politsiya xodimlari, deb xabar berdi ştat gubernatori Migel Anxel Yunes.
Hukumat ma'lumotiga köra, politsiyaçilar qurollangan şaxslar hujumiga uçragan, huquq-tartibot idorasi maşinalari yoqib yuborildi.
Halok bölganlar orasida mahalliy hokimning kuyovi ham bor. Jinoyatçilar avvaliga uning uyiga bostirib kirgan hamda hokimni izlaşgan, söng uning kuyovini öldirişgan hamda voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilarga qarata öq uzişdi.
Xabar qilinişiça, hodisa röy bergan yerga federal politsiyaning öndan oşiq maşinasi yetib kelgan, hujumga aloqador bölgan qurollangan ikki şaxs qölga olindi. Ştat prokuraturasi tekşiruv işlarini boşlab yubordi.













