Sport | 17:21 / 20.03.2017
11953
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Robben almashtirilganidan norozi bo‘ldi va Anchelottiga hurmatsizlik qildi

«Bavariya» yarim himoyachisi Aren Robben Germaniya chempionati doirasida «Borussiya» M jamoasiga qarshi kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yinda murabbiydan norozi bo‘ldi.

85-daqiqada Karlo Anchelotti uni Renatu Sansheshga almashtirdi. Niderlandiyalik futbolchi esa maydon chiqqach namoyishkorona tarzda murabbiyning uzatgan qo‘lini urib yuborgan.

«Tushunaman, u ranjigan. Futbolchiligimda men ham shunday edim. Yaxshi o‘ynab turganida murabbiy tomonidan maydondan olinsa, har qanday futbolchi ham norozi bo‘ladi», — degan Anchelotti.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid