Tribuna.uz sayti JCh-2018 saralashida Yevropa mintaqasida birinchi davra o‘yinlaridan keyin yuzaga kelgan vaziyatni ko‘rib chiqdi.

JCh-2018 saralashi, Yevropa mintaqasida 9ta guruhdan 9 g‘olib jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘ladi, yana 4 yo‘llanma guruhlarda ikkinchi o‘rinlarni egallagan sakkiz jamoa (eng yomon natija ko‘rsatgan ikkinchi o‘rin egasi pley-offga o‘tmaydi) o‘rtasida o‘ynaladi.

A guruhi
Fransiya – 13, Shvetsiya – 10, Bolgariya – 9, Niderlandiya – 7, Belarus – 2, Lyuksemburg – 1

Yevropaning vitse-chempionlari startda Borisovda golsiz durang qayd etgandi – shundan so‘ng faqat g‘alaba. Fransiyaga guruh g‘olibligi uchun Euro-2016 turnirini o‘tkazib yuborganiga qaramasdan Niderlandiya raqobat qilishi kutilayotgandi, ammo Ibrahimovichsiz Shvetsiya hozirda guruhda ikkinchi o‘rinda, shanba kuni Sofiyada bolgarlarga yutqazgan (0:2) niderlandlar 5 o‘yindan 7 ochko olgan holda to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi,  Danni Blind terma jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. Ammo ikkinchi o‘rin uchun kurash davom etadi, ikkinchi davrada Niderlandiya Shvetsiya va Bolgariyani o‘z maydonida qabul qiladi.

Birinchi o‘rin uchun kurash taqdiri esa 9 iyun kuni Shvetsiya – Fransiya uchrashuvida hal bo‘ladi.

V guruhi
Shveytsariya – 15, Portugaliya – 12, Vengriya – 7, Farer orollari – 5, Latviya – 3, Andorra – 1

Bu guruhda katta ehtimol bilan barchasi Portugaliya – Shveytsariya o‘rtasida 10-tur doirasida 10 oktabr kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda hal bo‘ladi. Bu ikki jamoa guruh favoritlari. Yevropa chempionlari oxirgi tur arafasida ikkinchi o‘rindan pastda bo‘lmasligi, birinchi o‘rin bilan oradagif farq 3 ochkodan ko‘p bo‘lmasligi kutiladi. Ma'lumot uchun, ochkolar teng bo‘lib qolgan taqdirda urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha ko‘rsatkichlarga qaraladi. Hozirda bu borada portugaliyaliklar ustun: 19:3 va 10:3.

Qayd etish kerakki, Shveytsariya Germaniya bilan birga hozirgacha bo‘lgan o‘yinlardan 100 foizlik natija ko‘rsatgan ikki jamoadan biri bo‘lib turibdi. Shu bilan birga alpliklar hatto autsayderlarga qarshi o‘yinlarda ham kichik hisoblarda g‘alaba qayd etgan - Andorradan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytildi, Jyenevada Latviyaga qarshi o‘yinda 1:0 hisobidagi g‘alaba.  Shveytsariyaliklarning Vengriyaga qarshi o‘yini portugallardan farqli o‘laroq o‘z uyida bo‘lib o‘tadi.