Jahon banki taşkilotlari guruhi Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan davlatlariga keyingi 3 yil içida 57 mlrd dollar ajratadi. Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga köra, gap Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan davlatlarining rekord darajada moliyalaştirilişi haqida ketmoqda. Bu haqdagi qaror Germaniyaning Baden- Baden şahrida qabul qilingan. Bu yerda Jahon banki prezidenti Jim Yen Kim katta yigirmatalikning moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari yiğilişida iştirok etgan.
Ma'lum qilinişiça, 57 mlrd dollardan 45 mlrdini Xalqaro rivojlaniş uyuşmasi taqdim qiladi. Qolgan 8 mlrd dollarni Xalqaro moliya korporatsiyasi, 4 mlrd dollarni Xalqaro rekonstruksiya va taraqqiyot banki ajratadi. Bu mablağlar aynan qaysi davlatlarga, qanday loyihalarga va qanday miqdorda berilişiga aniqlik kiritilmagan. Şunisi ma'lumki, Xalqaro rivojlaniş uyuşmasi mablağlari joriy yil iyulidan 2020 yil iyunigaça taqdim qilinadi.
Jahon banki prezidenti uşbu loyiha "uşbu mintaqadagi davlatlar rivojlanişi yönalişini özgartirişga misli körilmagan imkoniyat" hisoblanişini aytdi.












