BMW kompaniyasi Myunxendagi korxonaning ikki işçisi iş vaqti oxirida mastlik tufayli huşidan ketib qolgani sababli million yevrodan ayrildi. Bu haqda Bild va DW xabar bermoqda.

DW ma'lumotiga köra, ikki xodim iş vaqti davomida alkogol va marixuana moddasini iste'mol qilgan, söngra esa huşdan ketişgan. Boşqa işçilar tibbiyot xodimlarini çaqirişga majbur bölişdi, yakunda işlab çiqariş taxminan 40 daqiqaga töxtab qoldi.

Röy bergan hodisadan söng işçilardan biri işdan böşatildi, ikkinçisi esa boşqa işga ötkazildi.

Ma'lumot uçun, BMW’ning Myunxendagi korxonasida 3-Series va 4-Series sedan hamda kupelari çiqariladi. Har kuni korxonada taxminan 950ta avtomobil yiğiladi.