Daniya 20 mart kuni 183 yil içida birinçi marta xorijiy valyutadagi taşqi qarzini töliq uzdi. U qarzi böyiça oxirgi 1,5 mlrd dollarlik tölovni amalga oşirdi. Bu haqda Daniya moliya vazirligi bergan ma'lumotda aytilgan.

Ma'lumotda aytilişiça, Daniya tomondan töplangan moliyaviy zaxiralar mamlakat oxirgi yillarda xorijiy valyutadagi qarzlardan voz keçib, mavjudlari böyiça qarzini uzişga yetarliça miqdorda bölgan.

"Daniya hozirda taşqi qarzlarga ega emasligi tarixiy voqeadir. Bu kun biz mamlakatning ongli va mas'uliyatli iqtisodiy siyosatiga tahsin ayta olişimiz mumkin bölgan kundir", deb aytdi Daniya moliya vaziri Kristian Yensen.

Yensenning qöşimça qilişiça, vazirlikning baholaşiça, Daniya aholisi qarişi sababli 2030 yildan 2050 yilgaça murakkab davrni boşdan keçirib, byudjyet defitsitiga duç kelişi mumkin. Vazirning aytişiça, mamlakat yuqori kredit reytingiga putur yetmasligi uçun bu sinovga tayyorlanişi kerak.

Daniya markaziy banki ma'lumotlariga köra, Daniya birinçi xorijiy qarzini 1757 yilda Amsterdam va Gamburgdagi bankirlardan olgan. Daniya 1834 yildan to bugungi kungaça xorijiy valyutadagi qarzini töliq uzolmay kelgan.

Daniyaning milliy valyutadagi içki qarzi 2016 yil 31 dekabr holatiga köra, 635 mlrd kronni  (92 mlrd dollar) taşkil qilgan, bu qiymat mamlakat yalpi içki mahsulotining 23 foiziga töğri keladi. Daniya bu qiymatning 40 foizini xorijiy investorlardan qarzga olgan.