Devid Rokfeller 101 yoşida vafot etdi. Uning boyligi taxminan 3,3 milliard dollarga teng hamda u Forbes röyxatining eng keksa a’zosi edi, biroq öz davlatini bobosi – Jondan meros sifatida olgandi. Aynan u maşhur avlodga asos soldi hamda birinçi dollarli milliarder sifatida tanildi.

Devid esa biznes-jamoatçilikda özgaça qandaydir narsa bilan yodda qolmadi. Yirik bankka rahbarlik qildi, 66 yoşida pensiyaga çiqdi. Aynan şundan keyin eng qiziq narsalar boşlandi. Rokfellerni 90-yillar avvalida birdaniga maxfiy dunyo hukumati rahbariga “aylantirib qöyişdi”. "Qömita 300" kitobi çiqdi, unda har yili sayyoraning eng boy kişilari va ğarb davlatlari hukumat rahbarlari yiğiladigan Bilderberg klubi haqida hikoya qilinadi. Bu qançalik rost yoki yolğon ekani noma’lum...

Rokfellerning özi sahna ortidagi jahon hukumatiga aloqador ekanini rad etib kelgan. Biroq köpçilik tahlilçilar özgaça fikrda. Sababi bu oilaning barça avlodidagi erkaklar yopiq masonlar klubiga a’zo bölgan. Devid esa deyarli barça davlat rahbarlari bilan taniş edi. Aynan uning banki Sobiq Ittifoqda iş boşlagan birinçi xorijiy bankka aylandi.

Quyida Devid Rokfellerning soğlik va boylik haqidagi beşta maslahati bilan taniştirib ötamiz.

1. Biznesni döstlar bilan olib boriş kerak.
«Heç qaçon yaqin döstona aloqalar va yaxşi iş munosabatlari bir-biridan yiroqda bölişi kerak, deb hisoblamaganman. Işonamanki, eng muvaffaqiyatli iş aloqalari işonç, tuşuniş asosiga qurilgan, ya’ni yaqin döstona munosabatlarda muhim bölgan jihatlarga».

2. Xobbi haqida yoddan çiqarmang
«Bolalik çoğimda qönğizlarni yoqtirib qolgandim. Qayerga bormasam, ular ham doim men bilan birga edi. Qönğizlarni yiğiş murakkab emas – ularning zirhi juda qattiq». Rokfeller 40 mingdan ortiq haşarotlarni yiqqan, bu esa dunyodagi eng katta kolleksiyalardan biri hisoblanadi.

3. Pullar bilan bölişing
Milliarder faqatgina Harvardning öziga 100 mln. dollar xayriya qilgan. Darvoqe, bu uşbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan universitetning 370 yillik tarixida sobiq talaba tomonidan taqdim etilgan eng katta summa edi. Biroz vaqt muqaddam esa u “Tortiq etiş onti”ga – Forbes yetakçilari Uorren Baffett hamda Bill Geyts işga tuşirgan kampaniyaga qöşildi. “Tortiq etiş onti” guruhi a’zolari öz mablağlarining kamida 50 foizini xayriya uçun berişga va’da qilişgan.

4. Faoliyatingizni eng quyi poğonalardan boşlang